Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash
Jizzax viloyatida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e’tibor qaratish, shuningdek islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta’sirini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir turli qismlardan iborat bo‘lib, shaharning bir necha joyida o‘tkazildi.
Tadbirda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasini mujassam etgan she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
Sport saroyida yosh sportchilarning turli ko‘rgazmali chiqishlari ham namoyish etildi.
Tadbirda yosh ijodkorlar va sportchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T. BEKNAZAROV, O‘zA