Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston - yangi imkoniyatlar demak
09:58 / 2021-08-19

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston - yangi imkoniyatlar demakdir” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori Narzulla Jo‘rayev mamlakatimiz tarixi, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv chog‘ida eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi yetakchi ijtimoiy-siyosiy nashrlardan biri - «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusi xususida qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi.  

 Narzulla Jo‘rayevning ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining aynan mana shu intervyusida «Yangi O‘zbekiston»ni barpo etish yo‘lining mazmun-mohiyatiga yana bir karra batafsil to‘xtalib, «Yangi O‘zbekiston» xalqimizga nima berishini, mazkur siyosiy yo‘lning asosi, tarixi va ustuvorliklari nimalardan iborat ekanligini mohirona sharhlab berdi.  

 - Aynan mana shu suhbat mamlakatimizning buguni va ertangi kuni haqida, davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim ustuvorliklari to‘g‘risida batafsil, ochiq suhbat bo‘lganligini ta’kidlashni istardim, - deydi Narzullo Jo‘rayev. - Bu intervyuda yurtimizning shijoatli yetakchisi o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish, million-million insonlarning ishonchini oqlash prinsiplariga bo‘lgan o‘zining bukilmas irodasi va sadoqatini yana bir bor yaqqol isbotladi. Darhaqiqat, bugun dunyoda Yangi O‘zbekiston davlati nafasi, qadamlari, maqsadlari sezildi. Erishayotgan muvaffaqiyatlari e’tirofi tobora kengaymoqda. Buning asosiy sababi esa – «Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir.  

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA