French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyat mamlakati
17:21 / 2021-10-05

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Alisher Qodirovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Ilhom Rajabov G‘ozg‘on shahrida saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zMTDP viloyat, shahar kengashi xodimlari, mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, keng jamoatchilik vakillari hamda saylovda ilk bor ishtirok etadigan yoshlar qatnashdi.

Shahardagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda ishonchli vakil yig‘ilish ishtirokchilarini dastlab Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning tarjimai holi va Saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.  

Ta’kidlanganidek, nomzodning saylovoldi dasturi 5 ta asosiy yo‘nalish, jumladan,  Tarbiya va ta’lim, Davlat boshqaruvi, Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, Ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash, Tashqi siyosat sohasini qamrab olgan.  

Joriy yilgi saylovda partiya o‘z g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda faol ishtirok etmoqda.  

Nomzod “Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi” shiori ostida aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlash, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish kabi ezgu maqsadlarni ustuvor biladi.  

Alisher Qodirov viloyatga tashrifi chog‘ida saylovchilari bilan uchrashuvida “Bugun O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan erkin muloqotga kirisha boshladi. Ilgari bizni tan olishmas edi. Chunki, ochiq va demokratik davlat emas, deb hisoblashgan. Ehtimol, haq bo‘lishgandir. Lekin bugungi O‘zbekiston oxirgi yillarda shaffof, ochiq, haqiqiy ma’noda demokratik davlatga aylandi. Bugun amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy islohotlar O‘zbekistonni ortga qaytmas o‘zgarish yo‘liga kirganligini anglatmoqda”, deb ta’kidlagan edi.  

Darhaqiqat, bugun Yangi O‘zbekiston yangi imkoniyatlar qarshisida turibdi. O‘tgan besh yil mamlakatimiz uchun haqiqatdan ham rivojlanish, taraqqiyot davri bo‘ldi.

Uchrashuvda ishonchli vakil barchani mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi jarayon bo‘lgan Prezident saylovida faol ishtirok etishga va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

Yangi O‘zbekistonning yangi shahri G‘ozg‘onda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Prezidentlikka nomzodning o‘z Saylovoldi dasturi bo‘yicha chiqishi aks etgan videolavha ham namoyish etildi.  

Tadbirda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA