Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari
16:15 / 2023-11-18

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari doirasida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlar, universitet professor-o‘qituvchilari, tahririyatning bir guruh xodimlari ishtirok etgan tadbirda “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov so‘zga chiqib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans g‘oyasini amalga oshirish maqsadida olib borilayotgan ishlar, jarayonlarni yoritishda jurnalistlar oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Albatta, bu jarayonlarni xolisona yoritib borishda “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalarining alohida o‘rni bor.  

– “Pravda Vostoka” gazetasi yurtimizdagi eng keksa gazeta bo‘lsa, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi esa eng yosh nashrlardan biridir, – deydi S.Doniyorov. – Bugungi kunda tahririyat tomonidan nafaqat bosma nashr chop etilmoqda. balki uning internet, ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘z sahifalari bor. Jumladan, www.yuz.uz veb-sayti, yuz_official telegram kanali, instagram, yutub, feysbuk kabi platformalarda ham o‘z o‘quvchilariga ega. Bu platformalarda tezkor axborotlar, tahliliy materiallar, videointervyular, suhbatlar berib boriladi. Joylashtirilayotgan xabarlar dolzarbligi bilan har kuni yuz minglab kuzatuvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Shuningdek, tahririyat xodimlari bir vaqtning o‘zida internet televideniye yo‘nalishida ham ish olib bormoqda.  

Uchrashuvda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, bugungi kunda avj olayotgan axborot xurujlari, ularning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’siri haqida to‘xtalib, buning oldini olish hamda xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda gazetalarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi.  

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri