French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi
22:52 / 2021-08-10

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbarlari va vakillari kelib tushgan arizalar, imtihonlar tartibi va “Yangi O‘zbekiston” universitetida yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berishdi. “Yangi O‘zbekiston” universitetining faxriy rektori Volfgang Herrmann va universitetning kimyo muhandisligi fakultetida dars berishga taklif kilingan va hozir Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Elyorjon Jumayev anjumanda ZOOM orqali ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida aytilishicha,“Yangi O‘zbekiston” universiteti 2021/2022 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi:

– Mexanika muhandisligi (100 o‘rin);

– Kimyo muhandisligi (100 o‘rin);

– Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin).

Universitetiga kirish uchun arizalar joriy yilning 15 avgusti soat 18:00 ga qadar newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti “Dunyoning eng yaxshi 100 universiteti” reytingida 1- o‘rinda turadigan Massachuset texnologiya instituti hamda xalqaro sifat standartlariga muvofiq kompleks va ilmiy-texnik markazlarini yaratishda Myunxen Texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi, – dedi agentlik rahbari Hilola Umarova. – Shuningdek, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda “TUM International GmbH” tashkiloti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Myunxen Texnika universitetiga 24 yil davomida rektorlik qilgan Volfgang Herrmann “Yangi O‘zbekiston” universitetining faxriy rektori bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Universitet talabalariga eng nufuzli mahalliy ishlab chiqarish korxonalari va hatto chet elda ham amaliyot o‘tash imkoni beriladi. Shuningdek, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar uchun turli grantlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Fayzullo Yahyoyev, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA