French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Memorandumlar kuni” bo‘lib o‘tdi
16:22 / 2025-12-16

Oliy ta’lim tizimining rivoji uchun o‘zaro hamkorliklar ham muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir oliy ta’lim tashkilotida turlicha yondashuvli boshqaruv dasturi mavjud. Bu esa o‘zaro tajriba almashish orqali rivojlanish imkonini beradi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida universitetlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda turli darajadagi qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Memorandumlar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Ijtimoiy, madaniy, akademik, sport, IT va startap yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi mazkur kelishuvda “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda 11 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi Talabalar kengashlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum asosida qo‘shma loyihalar, hakatonlar, sport musobaqalari, treninglar, amaliyot va stajirovka dasturlarini birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan. Bu esa oliygohlarda ijtimoiy hayotni faollashtirish, talabalar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tadbirda universitet mas’ullari hamda Talabalar kengashi yetakchilari ishtirok etib, talabalar faolligini oshirish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Mazkur memorandumda qatnashgan oliygohlar kelgusida do‘stona aloqalarni yanada kuchaytirish va saflarini kengaytirishga kelishib oldi.

Sherbek Islomov, O‘zA