«Yangi O‘zbekiston» turnirining ilk kunidan fotoreportaj
Kecha poytaxtimizdagi gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida «Yangi O‘zbekiston» turniri boshlandi.
Musobaqa davlatimiz rahbarining 2022 yil 23 dekabrdagi «Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Turnir guruh bahslarida buxorolik gimnastikachi qizlarga teng keladigani bo‘lmadi. Ular g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladilar. Keyingi o‘rinlar Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari qizlariga nasib etdi. Yakkalik bahslarida ham Buxoro gimnastikachilari peshqadam bo‘ldi. Birinchi o‘rinni Shahinabonu Hikmatova qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Farangis Muftillayeva va Taxmina Bakayevaga nasib etdi.
[gallery-19699]
Bugun «Yangi O‘zbekiston» turniri davom ettiriladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA