“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning tashqi siyosati yangi bosqichga ko‘tarilib, mintaqaviy barqarorlik, ochiqlik va pragmatizm tamoyillari asosida faol va muvozanatli yo‘lni bosib o‘tmoqda.
Joriy yil esa diyorimizning jahon siyosiy jarayonlarida tutgan o‘rni, global sheriklar bilan hamkorlik formati hamda tashqi iqtisodiy aloqalarning mazmun-mohiyati yanada chuqurlashgan davr sifatida yodda qolmoqda.
Bugungi globallashuv zamonida dunyoda geosiyosiy beqarorlik kuchaygan, iqtisodiy raqobatlar avj olgan bir sharoitda rasmiy Toshkentning amalga oshirgan tashabbuslari nafaqat milliy manfaatlarni himoya qilish, balki mintaqada tinchlik va izchil rivojlanishni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
- Prezidentimizning joriy yil davomidagi xorijiy davlat va rasmiy tashriflari ichki va tashqi siyosatimizda qanday ahamiyat kasb etmoqda?
- Yil mobaynida yurtimizda tashkil qilingan nufuzli xalqaro tadbirlar o‘lkamizning global maydondagi nufuzini qay darajada mustahkamladi?
- “Yangi Markaziy Osiyo” ruhi: “S5+1” formatlari istiqbolda bizga nima beradi?
- Raqamli diplomatiya, iqlim o‘zgarishi va energetika siyosatiga oid muloqotlarda O‘zbekistonning ishtiroki xalqaro jamoatchilik tomonidan qanday baholanmoqda?
- JST sari qadam: Mamlakatning tashqi iqtisodiy diversifikatsiyasi qanday yo‘nalishda rivojlanishi kerak?
O‘zA ushbu muhim jarayonlarga xolis baho berish, 2025 yil davomida Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatida kuzatilgan asosiy tendensiyalar, muhim diplomatik qadamlar, strategik hamkorliklar va ularning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri xususida ekspertlarni suhbatga chorladi.
Ushbu suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lfEuo0bP6rI" title="Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati: 2025 yil sarhisobi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV, Iskandar ISMATOV (videomuhandis), O‘zA