Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini, istiqbolini ta’minlaydigan kuch – bu tadbirkorlar
16:39 / 2025-08-20

Ochiq muloqot yakunida Prezidentimiz yana bir bor tadbirkorlarga murojaat qildi:

Sizlar bilan bo‘ladigan har bir uchrashuv, muloqot menga alohida quvonch, kerak bo‘lsa, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi.

Chunki, sizlarning timsolingizda men Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida olib borayotgan ishlarimizning amaliy natijasi va yutuqlarini ko‘raman. 

Bugun bemalol ayta olamizki, mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes “islohotlar katalizatori”ga aylandi. Buni siz – tadbirkorlar yaratdingiz. Bundan faxrlansangiz arziydi. 

Hech narsadan qo‘rqmang, intilish va izlanishdan charchamang, faqat oldinga, katta marralar sari dadil qadam tashlang! 

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini, istiqbolini ta’minlaydigan kuch – bu tadbirkorlar. Davlatimizni boy qiladigan kuch – bu tadbirkorlar. Xalqimiz, oilalar hayotini farovon qiladigan kuch – bu tadbirkorlar, – dedi davlatimiz rahbari. 

O‘zA