Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston strategiyasi ma’naviy yuksalish poydevori
16:05 / 2023-08-13

Bugungi murakkab globallashuv va axborot asrida millatlararo hamda dinlararo munosabat, totuvlik masalasi jamiyatimiz rivojlanishining juda ahamiyatli hodisalari sifatida yuzaga chiqmoqda.

Bu sohadagi ishlarni izchil davom ettirish, takomillashtirish va chuqurlashtirish eng dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” hamda uning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli asarida millatlararo va dinlararo totuvlik masalasiga ustuvorlikka ega maqsad sifatida alohida e’tibor qaratilgan. 

Keyingi besh yillikda yurtimizning rivojlanishida butunlay yangi bosqich boshlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da Yangi O‘zbekistonni barpo qilish strategik maqsad qilinib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Yangi O‘zbekistonni shakllantirishda ma’naviy va ma’rifiy sohadagi islohotlar hamda ularni yanada chuqurlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, barchamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda mana shu ikki mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga va ota-bobolarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

“…Ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham, davlat ham shunchalik kuchli bo‘ladi”.

Ma’naviy tarbiyaning sifatini keskin oshirish maqsadida “O‘zbekistonning 2022-2032-yillarga mo‘ljallangan ma’naviy rivojlanish strategiyasi”, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi. Mamlakatimizda yaratilayotgan ma’naviy tarbiya tizimining yangi strategiyasi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimiz orasida targ‘ibot qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarishni ta’minlaydi. Bu sohadagi asosiy vazifani ko‘rsatib, Prezidentimiz shunday degan edi: “…Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning intellektual qobiliyatini va dunyoqarashini boyitish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sodiqlik tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bizning eng oliy maqsadimizdir”. 

Hozirgi globallashuv davrida turli buzg‘unchi g‘oyalarning milliy qadriyatlarimizga tahdidi, terrorizm, ekstremizm, “ommaviy madaniyat”, transmilliy va kiber jinoyatchilik, odam savdosi, narkotropik, global pandemiya tahdidlarining xavfi borgan sari kuchayib bormoqda. Mana shunday sharoitda jamiyatimizda ma’naviy tarbiyaning roli keskin ortib bormoqda. Ma’naviy jihatdan sergak bo‘lib yashash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish talab qilinmoqda.

Q.Yusupov,

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

huzuridagi Nukus konchilik instituti direktori o‘rinbosari.

O‘zA