Yangi O‘zbekiston sharoitida islom dini ta’limining tarixiy-qiyosiy tahlili
Yusufbek Sobirjonovich JAHONGIROV tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Andijon davlat universiteti Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada mustaqillik yillarida diniy ta’limning ahvoli hamda diniy tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlash masalalari davrlar kesimida qiyosiy-tahlil uslubida yoritilgan. O‘zbekistonda madrasalarning ochilishi, ularning kadrlar tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratiladi. Respublikada faoliyat olib borayotgan islomiy-diniy tashkilotlar tizimidagi o‘zgarishlar, imom-xatiblarning malakasini oshirishga doir jihatlar uch davrga bo‘lib o‘rganiladi.
Tayanch so‘zlar: O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Diniy ta’lim muassasasi, madrasa, diniy ta’lim, Toshkent Islom instituti, Mir Arab madrasasi.