O‘zbekiston siyosiy boshqaruv maydonida davlat rahbarining xalq bilan muloqotining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida yuzaga kelgan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi kommunikatsiyaning kuchli hamda ta’sirchan shakli o‘laroq murojaatnoma o‘zbek siyosiy diskursida munosib o‘rin egalladi.
U natijaga yo‘naltirilgan siyosiy chorlov o‘laroq siyosatshunoslik hamda siyosiy lingvistikaning muhim tadqiq ob’ektiga aylandi.
Murojaatdagi asosiy, yaqqol ko‘zga tashlanadigan e’tiborga molik jihat unda keltirilgan har bir fikrning, har bir jumlaning ortida asoslangan o‘nlab raqamlarning borligidir. Bu borada Prezidentning o‘zlari “bu raqamlar birinchi marta aytilyapdi” deya ta’kidladilar.
Xususan, mamlakatning joriy yildagi yalpi ichki mahsuloti tarixda bo‘lmagan 143 milliard dollarga yetdi, 2026 yildagi marra 167 milliard, 5 yil ichida esa bu raqam 240 milliard dollarga yetadi.
Kambag‘allik darajasi 2025 yilda 5,8 foizga tushirildi, 2026 yilda esa kambag‘allik va ishsizlikni 4,5 foizga tushirish marrasi olindi.
2025 yilda 118 tonna oltin ishlab chiqarilgan, 2030 yilga qadar ushbu ko‘rsatgich 175 tonnaga yetkaziladi. Bu yil mamlakat o‘z rivojlanish tarixida birinchi marotaba 85 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqqan. Ushbu raqamlardan yangi O‘zbekiston o‘zining taraqqiyotida bevosita jamiyat farovonligi va yuksalishi bosqichiga kirib kelayotganini ko‘rsatadi.
Qudratulla Omonov,
Toshkent davlat sharqshunoslik
universiteti birinchi prorektori,
filologiya fanlari doktori, professor