Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalariga start berildi
15:54 / 2025-08-13

Nukusda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari 2- bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni musobaqaning ochilishi munosabati bilan qutladi va sportchilarga omad tiladi.

Ta’kidlanganidek, 5-28 avgust kunlari mazkur musobaqalarning 2-bosqichi doirasida jami 10 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi belgilangan. Ushbu bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar uchinchi bosqich — Prezident olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Ochilish marosimidan so‘ng belgilangan bellashuv boshlab yuborildi. Unda barcha shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etmoqda.

Musobaqalar yakunida g‘oliblar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri