Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston ohanglari
09:16 / 2026-01-03

Musiqiy dasturlarimiz, chet davlatlardagi “O‘zbekiston madaniyati kunlari”, yurtimizdagi tantanali tadbirlarda maqom ijrochilarining hissasi beqiyos.

Toshkent shahridagi “Turkiston” san’at saroyida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining iste’dodli yosh xonandalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston ohanglari” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha an’anaviy tarzda uchinchi marotaba tashkil etilib, milliy maqom san’ati rivojlanayotganining amaldagi yana bir tasdig‘i bo‘ldi. 

Konsert dasturida o‘zbek milliy musiqa san’atining nodir namunalarini o‘zida mujassam etgan maqom yo‘llari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda mumtoz asarlar jonli ijroda yangradi. 

Tadbirning asosiy maqsadi aholiga, xususan yoshlar auditoriyasiga yuqori saviyadagi madaniy xizmat ko‘rsatish, milliy maqom san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yosh ijrochilarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash va izchil rivojlantirishdan iborat.

“Yangi O‘zbekiston ohanglari” konsert dasturi yosh ijodkorlar ijrosida milliy maqom san’atining bugungi taraqqiyoti va uzviy davomiyligini aks ettirib, tomoshabinlarga yuksak ma’naviy zavq ulashgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

N.Usmonova, O‘zA