Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston – mening nigohimda” maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
16:07 / 2024-08-09

Xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarimiz o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston – mening nigohimda” nomli maqolalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida davlatimiz rahbarining 2023 yil 18 sentabr kuni AQSHdagi vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.  

Tanlovga 100 ga yaqin xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va xorijda ta’lim olayotgan Jamg‘arma stipendiatlari maqolalar bilan ishtirok etdi. Ushbu maqolalar tanlov nizomi asosida ko‘rib chiqildi va 1-2-3- o‘rinlar belgilandi.  

Birinchi o‘rinni “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyadagi universitet magistranti Abdulaziz Suyarov egalladi. Ikkinchi o‘rin “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, AQSHning Arizona Davlat universiteti talabasi Asadbek Ro‘ziyevga hamda uchinchi o‘rin “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Shveysariyaning Jeneva universiteti magistranti Jalil Vohidovga nasib qildi.  

G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA