Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida issiqlik ta’minoti tizimi yangilanmoqda
11:56 / 2025-10-27

«Issiqlikta’minoti» AJ tomonidan ma’lum qilinishicha, 2025 yil infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda 117,5 km. (78 foiz) issiqlik tarmoqlari tortilib, 61 ta (95 foiz) isitish qozonlari o‘rnatildi.

Shu jumladan, Issiqlik ta’minoti korxonalari tasarrufidagi 19 ta (100 foiz) isitish qozonlari va 69,4 km. (80 foiz) issiqlik tarmoqlarida qurilish va modernizatsiya ishlari yakunlandi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida esa 42 ta (93 foiz) isitish qozonlari hamda 48 km. (76 foiz) issiqlik tarmoqlari qurilib, ishga tayyor holatga keltirildi.

Yil oxiriga qadar Issiqlik ta’minoti korxonalarida 17,1 km. tarmoq, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida esa 3 ta qozon va 15,5 km. issiqlik tarmog‘i qurilib foydalanishga topshiriladi.

Dastur doirasidagi ushbu ishlar yakunlangach, 2702 ta ko‘p qavatli uy va 244 ta ijtimoiy soha ob’ekti issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA