Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Yangi O‘zbekiston massivlari» kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilmoqda
19:08 / 2022-10-24

So‘ngi yillarda mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash, turmush sharoitlari yaxshilashga e’tibor kuchaytirildi. Xususan, oxirgi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq xonadonli uy-joy barpo etildi. Bu undan oldingi yillarga qaraganda 10 martadan ham ko‘p.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda. Kelgusi besh yilda aholi soni 38 millionga yetishi kutilmoqda. Bu aholining uy-joyga bo‘lgan talabi yanada oshishini anglatadi. Shu bois mamlakatimizda uylar qurilishi ko‘lami shunga muvofiq kengaytirib boriladi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 dekabrdagi «Yangi O‘zbekiston» massivini qurish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hududida «Yangi O‘zbekiston» massivlarini tashkil etish uchun Chirchiq shahridagi «Iftixor» MFY hamda Olmaliq shahridagi «Islom Karimov» MFY hududlari tanlab olingan.

Shuni ham aytish joiz, Prezidentining 2021 yil 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Chirchiq shahrini innovatsion shaharga aylantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab berilgan. Topshiriq ijrosi yuzasidan Chirchiq shahrining yangi bosh rejasi ishlab chiqildi.

«Yangi O‘zbekiston» massivning bosh rejasi «Qishloq qurilish loyiha» MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, Chirchiq shahrining «Iftixor» MFY hududida «Yangi O‘zbekiston» massivi tashkil etish bo‘yicha 49 gektar yer maydoni ajratilgan. Tanlab olingan yerda jami 4 ming 304 xonadondan iborat 89 ta 7, 9, 12, 16 qavatli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Tanlangan yer uchastkalari onlayn auksion savdo platformasida pudratchi tashkilotlar tomonidan xarid qilinib, bugungi kunda ushbu ob’ektda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

«Yangi O‘zbekiston massivlari» kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilmoqda. Massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi.

E’tiborli jihati shundaki, bu massivlar aholisi o‘z uyi yaqinida ishli bo‘lish, yaxshi daromad topib, farzandlarini zamonaviy ta’lim muassasalarida o‘qitib, hech kimdan kam qilmay voyaga yetkazish imkoni tug‘iladi.

- bugungi kunda, mazkur «Yangi O‘zbekiston» massivining qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan, — deydi Toshkent viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Po‘latov. – Xususan, birinchi bosqichda, joriy yilda 1 ming 668ta xonadonli 29 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Ularning 16tasi joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshiriladi.

Shu o‘rinda, aytish joiz, mazkur massivda maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika qurilmoqda. 2023 yilda ham bu ishlar davom ettiriladi. Shu o‘rinda aytish joiz, Olmaliq shahrida «Islom Karimov» MFY hududidan «Yangi O‘zbekiston» massivlarini tashkil etish bo‘yicha 59.1 gektar yer maydoni tanlab olingan. Mazkur tanlab olingan yer maydoniga 5 ming 888 xonadondan iborat 87 ta 9, 12, 16 qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan.

bugungi kunda «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishi 3 ta bosqichda amalga oshirilmoqda. Xususan, «Qishloqqurilishloyiha» MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejaga ko‘ra, birinchi bosqichda joriy yilda 1 ming 140 ta xonadonli 15 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Prezidentimizning 2021 yil 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 5 ta 9 qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha 2 ta ob’ekt “Light New Future«MCHJga hamda 3 ta ob’ekt “Orient avto Universal”MCHJga berilgan.

Shuningdek, 10ta 16 qavatli uy joylarning taklifi ishlab chiqilib auksion savdolariga chiqarilgan. bugungi kunda 4 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarining auksion savdolari yakunlanib “Spark building” MCHJ 2 ta,"STRONG SITIY MADAD" MCHJ 2 tasida g‘olib bo‘lgan.

Shu o‘rinda «Yangi O‘zbekiston» massivida 2ta maktabgacha ta’lim muassasasi ob’ektlari Ooo “Inter Active-Teams” xamda “POWER BUILD CONSTRUCTION” MCHJlar tomonidan, 1 ta oilaviy poliklinika LSX "QISHLOQQURILISHLOYIHA" MCHJ tomonlaridan ishlab chiqilib shaharsozlik ekspertizasi xulosalari olingan.

2 ta 420 o‘rindan bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi ob’ektlarida qurilish pudrat tashkilotlari "Meʼmor Engineering“ MCHJ hamda ”Global trans qurilish montaj" MCHJlar tomonidan qurilish montaj ishlari boshlab yuborilgan. bugungi kunda massivda 7 ta pudratchi tashkilot qurilish ishlarini olib bormoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, «Yangi O‘zbekiston» massivlari reytingi 3 «S»dan yuqori pudrat tashkilotlar tomonidan barpo etilmoqda.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA