Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” massivlari: gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
11:32 / 2022-06-07

Buxoro viloyatida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida gaz ta’minoti bilan bog‘liq ishlar yakuniga yetkazildi.

Prezidentimizning 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni asosida Qorako‘l tumanidagi “Do‘rmon” va G‘ijduvon tumanidagi “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini gazlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarning tashkil etilishi belgilandi.

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini gazlashtirish maqsadida 219 mmli gaz quvurini qurish uchun 12 nafar ishchi xodim jalb etilgan. Ular 5 ta maxsus texnikalar bilan ta’minlandi. bugungi kunda barcha ishlar yakuniga yetkazilgan. 

Bu hududda qurilishi rejalashtirilgan 1 ming 400 ta xonadondan iborat 70 ta ko‘p qavatli uy-joylarni tabiiy gaz bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek, G‘ijduvon tumanidagi “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘inida ham diametri 219 mmli bo‘lgan 6 kilometr yer usti gaz quvuri tortildi. Natijada 2 ming 800 ta xonadondan iborat 140 ta ko‘p qavatli uylarga tabiiy gaz muammosiz yetkazib beriladi.

Zarif Komilov, O‘zA