Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari o‘rganildi
15:32 / 2026-02-23

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan hududlarda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning sifatli va xavfsiz qurilishini ta’minlash maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Xususan, Qiziltepa tumani “Malikobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolarida qurilish-montaj ishlarining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.

[gallery-27813]

Nazorat jarayonida loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqlik, qurilish materiallarining sifati, konstruktiv elementlarning mustahkamligi, shuningdek, texnika va mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

Qurilish ob’ektlari ustidan nazorat viloyat miqyosida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom etmoqda.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA