Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilandi
15:01 / 2024-07-12

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘nggi uch yilda Qo‘qonda bor-yo‘g‘i 630 ta xonadonli 17 ta ko‘p qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishga shaharlar atrofidan yer ajratilmoqda. Lekin Qo‘qon, Marg‘ilon kabi shaharlar, tuman markazlaridagi mahallalar qiyofasi eskiligicha qolib ketmoqda.  

Shu bois “Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushirilishi belgilandi.  

Bunda shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalar tanlab olinadi. Ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektor jalb qilinadi, uylar birinchi galda ushbu mahalla aholisiga beriladi.  

Mutasaddilarga Qo‘qondagi birinchi “Mahalla massivi” qurilishini boshlash uchun joy tanlash va loyihasini ishlab chiqish topshirildi.  

O‘zA