Poytaxtimizning Uchtepa tumanida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat sari” tamoyili asosida "Ma’rifatli oila" loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.
Seminarda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda oila, ma’naviyat, yoshlar tarbiyasiga oid masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 22 dekabrda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yosh avlod ma’naviyatini asrash uchun barcha tashkilotlar, keng jamoatchilik mas’ul ekanini alohida qayd etgan edi. Ayni paytda ko‘plab tashkilot va idoralar zimmasiga bu boradagi dolzarb vazifalar belgilangan.
Tadbirda yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, xotin-qizlar ma’rifati xususida atroflicha fikr almashildi. Oilalar mustahkamligi, farzandlar tarbiyasida onalar mas’uliyati haqida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova so‘zga chiqdi.
[gallery-17948]
Nazokat Usmonova,
Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA