French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi O‘zbekiston kubogi” g‘oliblari taqdirlandi
20:05 / 2025-02-23

“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida universitet xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida joylashgan “Dinamo” o‘yingohida o‘tkazilgan musobaqada “Ma’naviyat” jamoasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Moliyaviy va ma’mur ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat jamoa ikkinchi o‘rindan joy oldi. O‘quv ishlari hamda Innovatsiya tadqiqot ishlari bo‘limlarining jamoalari bronza medaliga ega chiqdi.

[gallery-21889]

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA