English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – investitsiyalarni har tomonlama kafolatlaydigan, xorijiy hamkorlar manfaatlarini himoya qiladigan dunyoga ochiq mamlakat
17:11 / 2024-12-13

“Yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanmoqda. Xususan, aholi va mahalliy tadbirkorlar sohaga katta qiziqish bildirmoqda.

Bunday korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarida “yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5 yilda 5 barobarga oshiriladi.

Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual ta’lim tizimi, 5 ta oliygohda ilg‘or muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, energetika, metallurgiya, kimyo, elektrotexnika sohalarida nufuzli kompaniyalar bilan birga izlanish va rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik kengaytiriladi.

– Barchangizga ishontirib aytmoqchiman: Yangi O‘zbekiston – investitsiyalarni har tomonlama kafolatlaydigan, sizlarning barcha loyiha va tashabbuslaringizni to‘la qo‘llab-quvvatlaydigan, xorijiy hamkorlarimiz manfaatlarini himoya qiladigan dunyoga ochiq mamlakatdir, – dedi Prezident so‘zining yakunida.

Davlatimiz rahbari ramziy dastakni bosib, yakunlangan ob’ektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.

O‘zA