Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt
14:40 / 2022-07-21

Davlatimizning mahallalarda olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy siyosati, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa muhim hujjatlar ahamiyatini keng targ‘ib qilish, mahallalarda jamoat tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borayotgan faoliyatlari samaradorligini yanada oshirish, ularning bu boradagi ishlarini muvofiqlashtirib borish, mahalla – jamiyatning ajralmas qismi, ma’naviy axloqiy, zamonaviy-an’anaviy, milliy-umuminsoniy dunyoqarash shakllanadigan ilk ijtimoiy makonligini amaliy ishlar orqali ko‘rsatish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati va manfaatdor tashkilotlar tomonidan “Mahallada duv-duv gap” loyihasi amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yilning 20 iyul kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Sarhumdon” MFY da ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida bir qator ijtimoiy aksiyalar tashkil etildi. 

Jumladan: “Inson qadri” mehr-muruvvat aksiyasi orqali mahalladagi 10 nafar yolg‘iz qariya va nogiron yoshlar holidan xabar olinib, ularga sovg‘alar ulashildi, kitob jamlanmalari taqdim etildi.

“Mahalladagi ma’rifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” nominatsiyalari g‘oliblari aniqlandi. Mahallada istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, otaxonu onaxonlarimizni tavallud kunlari munosabati bilan “Siz tug‘ilgan kun” loyihasi doirasida taqdirlash maqsadida 3 nafar otaxon tadbirga taklif etildi. 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo tomonidan ular sha’niga iliq so‘zlar aytilib, barchasiga tavallud ayyomi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar berildi.  Shuningdek, tadbir doirasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasida faol ishtirok etgan nuroniylar ham munosib taqdirlandi.

Bundan tashqari, “Mahallada duv-duv gap” loyihasi bo‘yicha “Ma’rifatli, ziyoli oilaga birgalikda tashrif”, Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan “Men ham askar bo‘laman” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari, “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida mahallalarda istiqomat qilayotgan yosh rassomlar ko‘rgazmasi, stol tennisi, armrestling, shaxmat, shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. 

Ko‘lamining kengligi, mavzular xilma-xilligi bilan ajralib turgan loyiha O‘zbekiston Respublikasi hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda ko‘rgazmalar va master klass “Ustoz - shogird” aksiyalari o‘tkazildi.

  O‘zbek madaniyati va ma’naviyati tarixi, bugungi kuni, oila va jamiyat, oilaning muqaddasligi, uni mustahkamlash, odob, ta’lim-tarbiya, ma’naviy barkamollikka erishishda oilaning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishni o‘zida mujassam etgan mazkur tadbirda fan, madaniyat, san’at namoyandalari, faxriy nuroniylar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi. Yig‘ilgan e’tiboriga sa’atkorlar tomonidan kengaytirilgan konsert dasturi namoyish qilindi. 

                                                                                                                                                O‘zA