Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Badiiy akademiya hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligi hamda Bosh qomusimiznining 29 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon hayot” nomli fotoko‘rgazma namoyish etilda.
Ma’lumki, bu yil mustaqilligimizning 30 yillik yubileyi respublikamizda keng nishonlandi. Turli davlat tashkilotlarida bayramona tadbirlar bugunga qadar ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan bog‘lanib nishonlanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda Bosh qomusimiz fuqarolar huquqlarini himoya qilish bilan birga, ularning Vatan, jamiyat, oila oldidagi burchlarini ham qat’iy belgilaydi. Ko‘p millatli mamlakatimizdagi xalqlar diniy e’tiqodi va millatidan qat’iy nazar teng huquqli va barcha konstitutsion me’yorlarga amal qilishlari shart. Konstitutsiya mamlakatning ichki va tashqi siyosatida barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni himoya qiladi va ta’minlaydi.
Mazkur fotoko‘rgazmada Milliy axborot agentligi fotomuxbirlari tomonidan suratga olingan qisqa davr oralig‘idagi yurtimizning erishgan yutuqlarni namoyish etadigan badiiy fotosuratlar havola etildi.
Ularda zamonaviy, ma’muriy va jamoatchilik me’moriy inshootlari, mamlakatimizda erkin faoliyat olib borayotgan turli soha vakillarining yutuqlari, tinch va osuda Vatanimizda ijodkorlik va yaratuvchanlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘layotgan yoshlarimizning mamnun qiyofalari, Konstitutsiya himoyasida bilim sarhadlarini egallab odimlayotgan, o‘ynab-kulayotgan bolalarimizning beg‘ubor chehralari tasvirga tushirilgan.
Ko‘rgazma 14 dekabrga qadar davom etadi.
<iframe width="1440" height="757" src="https://www.youtube.com/embed/ViIv1RGK_C8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Gulnoza Boboyeva,
Nozimbek Mardonov, Yoqubjon Meliboyev(video), O‘zA