Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston bizga yangi hayot berdi
10:28 / 2021-09-27

Turmush o‘rtog‘im yollanma ishchi, ro‘zg‘ordan oshirib uy-qurishga imkon topa olmadik. Birin-ketin uch nafar farzandlarimiz dunyoga keldi.

     Uy – joysiz, qayerga, kimning uyiga bosh suqishga betina olmadik. Shu tariqa yetti yil qishlog‘imiz hududdagi “Suvoqava” tashkilotiga  qarashli suv  havzasidagi katalakdek xonada jon saqlab keldik.

Yillar davomida o‘z boshpanamiz bo‘lishini chin dildan orzu qildik.  Boriga shukr qilib, turmush muammolari barham topishiga umid qilib yashadik. Mehnat, farzandlar tarbiyasi bilan andarmon bo‘ldik. Dildan qilingan niyatlarimiz ijobat bo‘ldi.

    Yurtimizda uy –joyga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy  himoyalash yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlar tufayli zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldik. Aholisini bunday qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlar dunyoda kamdan kam topiladi. O‘z  uy -joyi bor oilaning ko‘ngli albatta, xotirjam bo‘ladi. Bunday munavvar kunlar taqdim etilganidan ko‘nglimiz osmon qadar yuksaldi.

       Amaliy yordam, qo‘llab-quvvatlash ishlari bu bilan poyoniga yetgani yo‘q.  “Agrobank” tuman bo‘limi tomonidan  berilgan  imtiyozli kredit  hisobiga 4 bosh qo‘y sotib oldik. Qo‘ylarimiz qo‘ziladi. Paxta yig‘im-terim mavsumida mablag‘  jamg‘arib  bir bosh buzoq xarid qildik.  Xo‘jaligimizda oilaviy chorvachilik tarmog‘i ham rivojlanmoqda.  Ro‘zg‘orimiz but, emin-erkin yashash baxtiga muyassar bo‘ldik.

Biz kabi baxtiyorlik qalbiga ingan yurtdoshlarimiz bugun oramizda ko‘p. Besh yillikda ehtiyojmand minglab oilalar imtiyozli asosda uy-joyga ega bo‘lgani insonparvarlikning yorqin ifodasidir. Yangi O‘zbekiston bizga yangi hayot berdi.  Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘laversin.

                           

 Jumagul Turdiyeva,

Farg‘ona viloyati Buvayda tuman  

“Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini