French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati timsoli
16:08 / 2024-01-02

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o‘rtasida milliy armiyamizdan g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida Jizzax viloyati umumta’lim maktablari o‘quvchilarining qishki ta’tili kunlarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jizzax garnizonidagi “N" harbiy qismi, Jizzax garnizoni harbiy komendaturasi va Sharof Rashidov tumani Majburiy ijro byurosi hamkorligida “Vatanparvarlik oyligi”  munosabati bilan tuman markazida joylashgan ixtisoslashtirilgan hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida  “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.  

Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida qurol- yaroqlar namoyishi, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari o‘quvchi-yoshlarga ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat bag‘ishladi.  

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida ma’lumotlar berildi.

Paxtakor tumanida esa mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati Jizzax garnizoni “N" harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Paxtakor tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan tuman markazidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari bilan   “Xalq va armiya  bir tanu bir jondir!” shiori ostida Vatanparvarlik festivali uyushtirildi.

Festival doirasida o‘quvchi- yoshlar uchun faxriy qorovulning saf elementlari, qo‘l jangi ustalarining jangovar chiqishlari hamda harbiy orkestr kuy-qo‘shiqlari ijro etilgani ertamiz egalariga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Yoshlar bilan uchrashuvlarda Jizzax viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, viloyat jamoatchilik kengashi  va garnizon faxriylar kengashi mas’ullari ishtirok etdi.

“Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar viloyatning boshqa hududlarida ham belgilangan jadval asosida tashkil etilmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari