Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘zbek bolalar she’riyatining shakliy-uslubiy o‘ziga xosligi
09:41 / 2026-01-24

Shohida Toshtemir qizi MO‘MINOVA mustaqil izlanuvchi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston uzbektili@mail.ru

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy o‘zbek bolalar she’riyatida badiiy obraz yaratish va poetik tafakkurning namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan yaratilgan obrazlar, ularning tasviriy vositalar bilan ifodalanishi va bolalar tafakkuriga ta’siri o‘rganilgan. Ayniqsa, Dilshod Rajab va Anvar Obidjon kabi ijodkorlarning asarlarida obraz va tafakkur uyg‘unligi alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bolalar adabiyotida estetik tarbiya, obrazning badiiy qiymati va poetik ifoda vositalarining o‘rni haqida ilmiy fikr yuritilgan.

Anvar Obidjon va Dilshod Rajab ijodiy faoliyati misolida badiiy uslub, obraz yaratish, tilda soddalik va estetik mezonlar yoritilgan. Mualliflarning uslubiy yondashuvi va ularning asarlarida bolalar tafakkuriga ta’sir etuvchi jihatlar ochib berilgan.

Tayanch so‘zlar: bolalar she’riyati, badiiy obraz, poetik tafakkur, estetik tarbiya, Dilshod Rajab, Anvar Obidjon, poetik ifoda, bolalar adabiyoti, uslubiy individuallik, badiiy mahorat, obraz, til soddaligi.