Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 2 dekabrda Jizzax viloyatiga tashrifi davomida investitsiya va eksport yo‘nalishlarida yangi boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqqa muvofiq, viloyat hokimligining tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi.


Yangi tuzilmaga asosan, Yusupov Bahrom Muzafarovich Jizzax viloyati hokimining tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Egamov Bekzod Abduvaliyevich Jizzax viloyati hokimining dasht va cho‘l hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bekzod Egamov ham tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
A. Qayumov, O‘zA