Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qurilish va ta’mirlash ishlari tugatilib, yangi 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘z faoliyatini boshladi.
Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ushbu maktab 672 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 65 nafar pedagog tomonidan ta’lim beriladi. Maktabda 55 ta sinf xonalari mavjud bo‘lib, fizika va ximiya, biologiya laboratoriyalari zamonaviy tarzda jihozlangan.
Mazkur maskanda xitoy tili ikkinchi til sifatida o‘qitiladi. Shuningdek, 190 ta zamonaviy kompyuter, 18 ta interaktiv doskalardan foydalanilgan holda darslar o‘tiladi.
Ta’kidlash lozimki, joriy yilda 15 nafar maktab bitiruvchilarining barchasi yuqori natijalar ko‘rsatib talabalikka tavsiya etildi.
Shuningdek, talabalar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga, Rossiya Federatsiyasi Mendeleyev nomidagi ximiya-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga va boshqa OTM larga grant asosida qabul qilindi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA