Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
Buxoro viloyatida 2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda Investitsiya dasturi asosida viloyatdagi 13 ta umumta’lim maktablari va 7 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda 3 ta yangi ta’lim muassasasi quriladi. 16 tasida rekonstruksiya, 1 tasida kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Natijada yangi o‘quv yilida 3 ming 834 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi o‘quv binolari, 480 tarbiyalanuvchi o‘rniga ega bog‘cha binolari hamda ikkita 12x24 o‘lchamdagi sport zal, 200 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.





Zarif Komilov, O‘zA