Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yilida yanada yuqori natijalarga erishiladi
15:56 / 2025-09-03

Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi sadolari bilan boshlangan tadbirda Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhomjon Sobirov, universitet professor-o‘qituvchilari so‘z olib, ishtirokchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi. 

Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalarning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda talaba-yoshlarning bilim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun berilayotgan keng imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish, universitetda talabalarning o‘qishi, yashashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida gapirildi. Jumladan, yangi o‘quv yilida universitet jamoasining o‘qitishga xalqaro andozalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, umuman, barcha yo‘nalishlarda yanada yuqori natijalarga erishishi ta’kidlandi.

Tadbirda talabalarga bilim berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ibrat ko‘rsatib mehnat qilayotgan ustozlarning samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

[gallery-25149]

Vatan, istiqlol va yoshlikni tarannum etuvchi go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etilgan tadbir yakunida universitet bitiruvchilari tomonidan o‘qishga yangi qabul qilingan talabalarga universitetning ramziy kaliti tantanali ravishda topshirildi.

F. Ubaydullayev, 
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA