French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili yaqin: darsliklar yetarlimi? (+video)
19:13 / 2025-08-11

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2025 yil birinchi yarim yilligida 277 ta banddagi vazifalarni amalga oshirish belgilangan. O‘tgan olti oy davomida ushbu vazifalardan 224 tasining ijrosi ta’minlangan. Qolganlarining esa muddati uzaytirilgan yoki ijro etilish arafasida. Yalpi ichki mahsulot hajmi 7,2 foizga oshgan, davlat byudjeti mablag‘lari esa 27 foizdan oshgan.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda deputatlar Davlat dasturining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosini partiya g‘oyalaridan kelib chiqqan holda muhokama qildilar. 

Xususan, deputatlar asosiy e’tiborni ta’lim-tarbiya, bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, kitobxonlikka o‘rgatish borasidagi sa’y-harakatlarga qaratdilar. 

Hisobotda qayd etilganidek, o‘tgan davrda 35 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi va qamrov 77 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi esa 96 foizga yetdi.

Fraksiya a’zolari maktablarni joriy ta’mirlash hamda darsliklar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shuningdek, bolalar uchun milliy kontentlar yaratish, bog‘chalarni adabiyotlar bilan ta’minlash kabi masalalarni o‘rtaga tashladilar. 

Jumladan, deputat Umida Rahmonova hududlardagi o‘rganishlarda ayrim maktablarni ta’mirlash ishlari oktyabr-noyabrda yakunlash belgilanganiga guvoh bo‘linganini ta’kidlab, darslar sentyabrda boshlansa, vaqtida tugallanmagan ta’mir ishlari ta’lim sifatiga ta’sir qilmaydimi, degan savolni ko‘tardi. Shuningdek, maktablarning darsliklar bilan ta’minlanishi qay darajada hal qilingani bilan qiziqdi. 

Bunga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddisi ta’miri oktyabr-noyabrgacha ko‘zda tutilgan maktablarning o‘quvchilari yaqin atrofdagi maktablarga jalb etilishini ma’lum qildi. Darsliklar bilan ta’minlash masalasi ham muntazam e’tiborda ekanini, yangi darsliklar bilan qamrov darajasi 70 foizdan oshganini aytib o‘tdi.

[gallery-24713]

Shuningdek, muhokamalarda “Yosh kitobxon” tanlovida o‘qish uchun taqdim etilgan kitoblar ro‘yxatidagi barcha kitoblar maktablar kutubxonalarida mavjudmi, degan savol ko‘tarildi. Bunga javoban maktablarga badiiy asarlar yetkazib berilayotgani, shu bilan birga, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Mutolaa” kontentida ro‘yxatdagi barcha kitoblarning elektron va audio variantlari joylashtirilgani ta’kidlandi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KxDDDSQ9VEM" title="Yangi o‘quv yili yaqin: darsliklar yetarlimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Doniyor Yakubov, Anvar Ahmedov (video), O‘zA