Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili yangi maktabda boshlanadi
11:44 / 2021-08-15

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Yangiqishloqdagi 30-umumta’lim maktabi binosi 1989 yilda qurilgan.

424 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan maktab binosi vaqt ta’sirida ancha eskirib qolgan edi.    

-Sport zal, oshxona, kutubxona, majlislar zali, laboratoriya xonalari zamon talablariga javob bermas edi, - deydi maktab direktori Botir Sharipov. - Joriy yilda davlat rahbarining viloyatga tashrifidan so‘ng ilm dargohimiz binosini zamonaviy maktab loyihasi asosida mukammal ta’mirlanmoqda.  

Ayni paytda maktab binosi tamoman zamonaviy ko‘rinish kasb etgan. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Buning uchun 2 milliard 960 million so‘m mablag‘ ajratilgan.  

Endilikda yangiqishloqlik bolalar yangi o‘quv yilini yangicha ko‘rinishdagi maktabda kutib oladi.  

Zarif Komilov, O‘zA