FOTOREPORTAJ
Yangi o‘quv yilining ilk kunida Farg‘ona viloyatining Quva tumani Qaqir mahallasida 5-umumta’lim maktabining yangi barpo etilgan binosi foydalanishga topshirildi.
Marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov ishtirok etib, barchani yangi o‘quv yili bilan qutladi.
1969 yilda tashkil etilgan maktab davlatimiz rahbarining 2024 yili viloyatga bo‘lgan tashrifi chog‘ida berilgan topshirig‘i asosida qayta qurildi. Loyiha uchun 32 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Zamonaviy sinf xonalari, laboratoriya va kompyuter xonalari, sport zali va ochiq sport maydonlari, kutubxona hamda oshxona o‘quvchi va o‘qituvchilar ixtiyoriga topshirildi.
[gallery-25140]
Marosimda ramziy lenta qirqilib, mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘asi tantanali tarzda topshirildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev hamda Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ibrohimov ishtirok etdi.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar