Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili yangi binoda boshlanadi
18:08 / 2025-08-30

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida Asaka tumani Do‘rmon mahallasida joylashgan 27- umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimi Nasibullo Mo‘minov, keng jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari ishtirokida yangi qiyofa kasb etgan maktab ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda umumta’lim maktablari uchun moslashtirilgan binolar qurish, maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va samaradorligi oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

[gallery-25061]

1980 yilda qurilgan ikki qavatli 420 o‘rinli maktabning eski binosida 980 nafar bola tahsil olar, qolaversa, bino ancha nurab ketgan edi. Ana shu hisobga olinib, 2024 yilning investitsiya dasturi doirasida maktab kapital ta’mirlandi, qo‘shimcha 4 qavatli, 520 o‘rinli yangi bino, sun’iy qoplamali futbol maydoni barpo etildi.  

Endilikda maktabda o‘quvchilarning puxta bilim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratildi. Xususan, yangi binodagi 3  ta elektron laboratoriya , 22 ta o‘quv, 2  ta informatika xonalari ko‘rgazmali vositalar, zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

Qurilish ishlari "Prium insaat bilʼding" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bajarildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari uchun davlat byudjetidan 8 milliard 58 million so‘m mablag‘ sarflandi.  

Tadbirda maktab jamoasi maktab butunlay yangi qiyofaga keltirilganligi, yaratilgan shart-sharoitlar uchun Prezidentimizga, mutasaddilarga minnatdorchilik bildirdi.  

Tadbir yakunida tuman hokimi N. Mo‘minov bir guruh quruvchilarga sovg‘a-salomlar topshirdi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari