Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili tantanali boshlandi
14:12 / 2025-09-02

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatidagi barcha maktablarda ham yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi.  

Yangi Namangan tumanidagi Mustaqillikning besh yilligi mahallasida joylashgan 69-umumta’lim maktabida “Mahoratli pedagog – millat tayanchi” shiori ostida tashkil etilgan tantanali marosimda tuman hokimi, o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Hokim ta’lim sohasidagi yangilanishlar haqida to‘xtalib, ishtirokchilarni mustaqilligimizning 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.

Shu kuni maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari – o‘quv qurollari va darsliklar topshirildi.

[gallery-25114]

Ta’kidlash kerak, yangi o‘quv yilida tumanda 4 mingdan ziyod, 69-maktabda esa 245 nafar bola 1-sinfga qabul qilindi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA