Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili o‘zgacha hayajon bilan qarshi olindi
12:29 / 2022-09-05

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida ham “Bilimlar kuni” o‘quvchi yoshlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Ayniqsa, 1-sinfga qabul qilingan 3891 nafar bolajon yangi o‘quv yilini o‘zgacha hayajon bilan qarshi oldi.

Ta’kidlash joiz, joriy 2022/2023 yangi o‘quv yilida tumandagi 7-, 20-, 43-umumiy o‘rta ta’lim maktablari yangi o‘quv binolari va barcha zamonaviy sharoitlarga ega sinfxonalarda o‘quvchilarga o‘z bag‘rini ochdi.  

[gallery-8647]

43-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi A.Djurabayev ishtirok etdi.

Tuman rahbari maktabning 1-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilgan “Mustaqillik darsi”da mamlakatimizda istiqlol yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.




Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA