Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi o‘quv yili oldidan yo‘lovchi tashish va tirbandliklarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi
14:15 / 2024-08-29

Toshkent shahrida jamoat transporti xizmat sifatini yaxshilash, yo‘lovchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va avtobus yo‘nalishlarini maqbullashtirish borasidagi ishlar jadallashmoqda. Boisi, yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘lovchilar o‘rtasida tirbandliklarni bartaraf etishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi rahbari J.Karimov, Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshlig‘i M.Ikramov,  «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi R.Shamurodov va sohaviy xizmat xodimlari, 8 ta avtobus saroyi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda  yo‘lovchi tashishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, tirbandliklarning oldini olish, yo‘nalishlarda jamoat transportlari sonini ko‘paytirish hamda avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan «A» tasmali yo‘laklardan ularning to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha  mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi ma’lumotida.

Mas’ullar tomonidan belgilab olingan vazifalar zamirida xalqimiz va yo‘lovchilarga sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish  ekanligi ta’kidlab o‘tildi yig‘ilishda.

A.RUSTAMOV, O‘zA