Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi oilaviy poliklinika aholi xizmatida
15:07 / 2023-12-29

Yangi yil bayrami arafasida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 27-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi. Investitsiya dasturi doirasida qurilgan poliklinikaga 3,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor, tarmoqdagi islohotlar, aholi, jumladan, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, tor soha mutaxassislari tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.  

Endilikda tumanning Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan ushbu poliklinikada hududdagi Amir Temur hamda Uchtepa mahallalarida yashovchi 10 ming nafardan ortiq aholiga xirurg, akusher-ginekolog, stomatolog, UZI, laborant, oila shifokorlari tomonidan sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.  

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri