Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar: Takroriy ovoz berish qizgʻin tus olmoqda
11:09 / 2020-01-05

Toshkent shahridagi 148-Koʻkcha va 150-Shayxontohur saylov okruglarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun takroriy ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtmoqda.


Toshkent shahridagi 148-Koʻkcha va 150-Shayxontohur saylov okruglarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun takroriy ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtmoqda.

– Okrugimizda 61 saylov uchastkasi bor, shundan 3 tasi chet davlatlarda joylashgan, – dedi 148-Koʻkcha okrug saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Gʻofurjon Hamroqulov. – Ularda 137 ming saylovchi roʻyxatga olingan. Saylov uchastkalarida jarayonning shaffof va belgilangan tartib-qoidalarga mos oʻtishi uchun zaruriy choralar koʻrilgan. Takroriy ovoz berish jarayonining borishi bilan saylov uchastkalariga borib tanishishingiz mumkin.

Biz 674-saylov uchastkasidamiz.

Bu yerda roʻyxatga olingan 2 ming 246 saylovchining erkin ovoz berishi uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Jumladan, saylov uchastkasiga kelish imkoni yoʻq fuqarolar xonadoniga maxsus koʻchma saylov qutilari olib boriladi. Saylov uchastkasida bu kabi fuqarolar soni 31 nafarni tashkil etadi.

Mazkur saylov uchastkasi raisi Dilrabo Ashurovaning bizga bergan maʼlumotiga koʻra, soat 10:00 ga qadar qariyb 100 ga yaqin saylovchi tanlagan nomzodiga ovoz bergan.