Yangi Namanganda zotdor qo‘ychilik rivojlanmoqda
Yangi Namangan tumanining Mingterak mahallasida yashovchi tadbirkor Ahmadjon Abdurazzoqhojiyev ko‘p yildan buyon zotdor naslli qo‘ylar parvarishi bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda uning xo‘jaligida 60 dan ortiq zotdor qo‘y mavjud bo‘lib, ular “Arashan”, “Adilbay” va “Hisori” turdagi qimmatbaho zotlardir. Ushbu qo‘ylar yuqori mahsuldorligi, nasldorligi va mahalliy iqlim sharoitiga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. E’tiborlisi, 1 bosh qo‘y qiymati 4-5 ming AQSH dollarigacha baholanadi.


Tadbirkorning maqsadi – nafaqat xo‘jalik uchun yuqori mahsuldor qo‘ylarni yetishtirish, balki mahalliy bozorda zotdor qo‘ylar ulushini oshirish va boshqa chorvadorlarga ham zotli nasl tarqatishdan iborat.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA