Yangi Namanganda yangi poliklinika
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tuman markaziy poliklinikasining 250 qatnovli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Loyiha Investitsiya dasturi doirasida 3,5 mlrd. so‘m evaziga amalga oshirildi.
Ta’kidlash joiz, tumandagi 7 ta tibbiyot muassasasi 2025 yilda to‘liq raqamlashtirilib, DMED axborot tizimi joriy etildi. Shu bilan birga moddiy-texnika baza ham yangilanib, Sog‘liqni saqlash vazirligidan 1 mlrd. so‘mlik kompyuter jihozlari, mahalliy byudjetdan esa 3 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.
Mazkur zamonaviy muassasaning tantanali ochilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 50 dona kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.
[gallery-26662]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA