Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Namanganda “Oila va xotin-qizlar maskani” ochildi
17:25 / 2025-09-18

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanining Sohil mahallasida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida xotin-qizlar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Oila va xotin-qizlar maskani” o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Florens Bauyer xonim ishtirok etdi.

Markaz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, bu yerda xotin-qizlarning ruhiy va tibbiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maxsus dasturlar amalga oshiriladi.

[gallery-25356]

Maskan xotin-qizlar va oilalarning ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qilib, ularning hayot sifati yuksalishiga hissa qo‘shishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA