FOTOREPORTAJ
Bosh qomusimizning 31 yilligi arafasida Yangi Namangan tumanida ixtisoslashtirilgan maktab foydalanishga topshirildi.
336 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu dargoh tumanning Mehnatobod mahallasidagi sobiq Mehribonlik uyi o‘rnida barpo etildi. Maskan 8 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilib, har bir sinf xonalari innovatsion texnika jihozlari bilan ta’minlandi.
Yangi maktabning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov barchani Konstitutsiyamizning 31 yillik ayyomi bilan qutlab, mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini qayd etdi.
[gallery-14978]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA