Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Namangan tumanida turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga oid seminar bo‘lib o‘tdi
10:55 / 2023-06-15

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi “Axsikent” mehmonxonasida Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish loyihasi va uning maqsadlari” mavzuida seminar o‘tkazildi.  

Vodiyning uch hududida, xususan, Namangan viloyatida turizmni rivojlantirish, Namangan potensialini ko‘tarish, sayyohlarni qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda turbiznes vakillari, mehmonxona boshqaruvchilari, gidlar va sohaga aloqador tashkilotlar qatnashdi.  

[gallery-12344]

Seminarda loyiha menejeri Beate Shorayt tomonidan ishtirokchilarga turizm manzili, unga yondosh o‘ziga xos madaniyat va taomlar, sayohatlar, sifatli xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali ko‘proq bozorga ega bo‘lish kabi masalalarda bilim va ko‘nikmalar berildi.  

Ta’kidlanishicha, Namanganda diqqatga sazovor o‘ziga xos manzillar juda ko‘p, ayniqsa, tarixiy ob’ektlar, ko‘ngilochar joylar, betakror an’ana va urf-odatlar, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA