Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bugun yurtimizning 16 shahrida “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida havaskorlar o‘rtasida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
Samarqand shahrida yugurish musobaqasiga xalqaro turizm markazida start berildi. Unda 8 mingdan ortiq havaskor sportchi 4 kilometr masofaga yugurdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahsda birinchi va uchinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik Komil Fozilov hamda Alisher Ahmatillayev egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin TATU Samarqand filiali talabasi Alisher Saparovga nasib etdi. Qizlar bahsida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik sportchilar Elnoza Maxmaochilova, Farangiz Olimova va Kamola Abrayeva qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musoqabada nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar hamda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-13411]
G‘. Hasanov,
A. Isroilov (surat), O‘zA