Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas”da pastdarg‘omlik sportchilar g‘olib bo‘ldi
13:15 / 2023-11-19

Samarqanddagi xalqaro turizm markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etib, ushbu musobaqa xalqaro maqomga ega bo‘lib borayotgani va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.  

Marafonda 7 ming nafardan ziyod ishtirokchi 5 kilometr masofani bosib o‘tdi.  

Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahsda birinchi va uchinchi o‘rinlarni pastdarg‘omlik sportchilar Alisher Ahmatillayev va Alisher Saparov qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa Samarqand shahridan Bunyod Muhitdinovga nasib etdi.

Qizlar bahsida marra chizig‘ini pastdarg‘omlik sportchilar Kamola Ablayeva, Farangiz Olimova hamda Elnoza Mahmaochilova birin-ketin bosib o‘tdi.  

Pastdarg‘omlik yigit-qizlar “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasining o‘tgan yili va joriy yilda tashkil etilgan bahslarida ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Marafonda  “Eng faol ishtirokchi”,  “Eng yosh ishtirokchi va “Eng yoshi katta ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha hamda nogironligi  bo‘lgan  fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi.

[gallery-14671]

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari