French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda
10:09 / 2023-09-03

Bugun, 3 sentyabr kuni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqa mamlakatimizning Toshkent, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor, Xiva va Nukus shaharlarida tashkil etildi.  

Yugurish masofalari poytaxtda 3 va 10 kilometr, qolgan shaharlarda esa 3 kilometr etib belgilandi. “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Yangi nafas” marafonida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar  qatnashmoqda.  

Shuni ta’kidlash joizki, an’anaviy tarzda muhim  sanalarga bag‘ishlab tashkil etilayotgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari Vazirlar Mahkamasining “2019-2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qarori doirasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish hamda aholini faol turmush tarziga jalb etish maqsadida joriy etildi. Maqsadli davlat dasturi aholini bosqichma-bosqich faollashtirib, salomatlikni mustahkamlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan.

[gallery-13407]

Bu ijtimoiy loyiha uch yildan buyon an’anaviy tarzda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.  

Ommaviy yugurish musobaqasining g‘olib va sovrindorlari bilan saytimizda tanishasiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA