Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” yugurish musobaqasi barchani birlashtirdi
13:20 / 2023-11-19

Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan Guliston shahrida mehnat jamoalari, yoshlar, nuroniylar, sportchilar, havaskorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 3 mingdan ziyod sirdaryoliklar ko‘ngilli ravishda faollik ko‘rsatdi. G‘oliblar “Absolyut” va “Havaskor” toifalari bo‘yicha aniqlandi. Taqdirlash marosimida so‘z olgan Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi bilan barchani qutladi. O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan mazkur vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.  

[gallery-14674]

G‘oliblarga viloyat hokimligining medal va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Sh.Suyarov,Sh. Ortiqboyev,(foto), O‘zA muxbirlari.